Ташкент +4° Sun 03:20
Долзарб мавзулар Foto

Hadyani qaytarib olsam bo`ladimi?

Бўлимлар: Savol-javob
Теглар:
Добавлено: 28.08.2018, 12:04

2013 yilda kuyovimga moshina sovg`a qilgandim. Bu narsa notarial rasmiylashtirilgan. Shuni qaytarib olsa bo`ladimi?

Bu masala Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Unga ko`ra quyidagi hollarda sud orqali hadya shartnomasini bekor qilinishini talab qilish mumkin:

- hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a`zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog`lig`iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda;

- agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo`lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo`q bo`lib ketishi xavfini solsa;

- yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning bankrotlik to`g`risidagi qonun hujjatlari qoidalarini buzib, bankrot deb e`lon qilinishidan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq mablag`lar hisobidan qilgan hadyasi.

Bundan tashqari hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo`yilishi mumkin.

Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o`ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA