Долзарб мавзулар Foto

Tadbirkor lisenziyasiz faoliyat yuritishi mumkinmi?

Бўлимлар: Savol-javob
Теглар:
Добавлено: 02.10.2018, 11:28

— Bir necha yillardan buyon tadbirkorlik bilan shug`ullanib kelaman. Ochig`i, faoliyatni o`z vaqtida tashkil etish uchun lisenziya yoki ruxsatnoma hujjatlarini olish muammo edi. Prezidentimizning Farmoni bilan lisenziyalash va ruxsat berish jarayonida bir muncha engilliklar yaratilibdi. Shular haqida batafsil ma`lumot bersangiz.

Savolga Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi bo`lim boshlig`i Akramjon Ochilov javob beradi.

— Prezidentimizning joriy yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni yanada ravnaq toptirish uchun ravon va yorug` yo`l ochdi.

Avvalo, biznesni yuritishdagi ortiqcha byurokratik jarayonlar tubdan qisqardi. Ya`ni, ruhsatnoma olish uchun, idorama-idora yugurish va sansalorliklar barham topdi. Lisenziya va ruhsatnoma berish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida endilikda cho`zilish holatlari kuzatilmaydi. Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillariga o`tishning soddalashtirilgan mexanizmlari belgilanib, bu borada shaffoflik ta`minlandi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali idoralararo hamkorlik yo`lga qo`yilmoqda. Bu esa hujjatni tayyorlash jarayonida u idoradan, bu idoraga chopish yo`q qilinganini anglatadi. O`zingiz yashab turgan hududdagi davlat xizmatlariga borsangiz bo`ldi. Faoliyatingiz lisenziyalanadi. Tahlillarga ko`ra, mazkur Farmon kuchga kirgandan keyin Andijon viloyatida 350 ga yaqin tadbirkor lisenziyani elektron ko`rinishda oldi.

Endi lisenziyalash va ruxsat berish tartibidagi yana bir o`zgarishga e`tibor qaratsak. Masalan, avvallari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qiluvchi tadbirkorlar lisenziya olish uchun ikkita - shahar yoki tuman hokimliklari hamda viloyat hokimligidagi idoralararo komissiyadan o`tishlariga to`g`ri kelardi. Endilikda ikkinchi – viloyat hokimligi qoshida tashkil etilgan idoralararo komissiya bekor qilindi. Shuningdek, turizm sohasida ishbilarmonlikni yo`lga qo`ymoqchi bo`lganlar ruhsatnoma olish uchun poytaxtga borib kelishlariga to`g`ri kelardi. Bu ortiqcha ovoragarchiliklar sabab bo`lardi. Endilikda bu soha vakillariga ham o`zlari yashab turgan hududdagi davlat xizmatlari markazidan lisenziya olish imkoniyati yaratildi.

Ma`lumki, ishbilarmon uchun har bir kun g`animat. Avvallari ruhsatnoma olish uchun kerakli hujjatlarni topshirib qo`ygandan keyin bir necha kun kutardi. Faoliyati yo lisenziyalanardi yoki... Farmonda bu jihatga alohida e`tibor qaratilgan. Agar lisenziyalovchi organ lisenziya berish to`g`risidagi arizani ko`rib chiqish muddati davomida ushbu hujjatni berish yoki uni rad etish to`g`risida qaror qabul qilmasa, tadbirkorga o`zi qayd etib o`tgan faoliyat turini amalga oshirish huquqi berildi. Faqat u lisenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilib qo`ysa, bas. Xabarnomani olgan idora esa tadbirkorga besh ish kuni ichida lisenziya berishi shart.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA