42

Ma`naviy zararni undirishga haqlimanmi?

Savol-javob 03.10.2019, 14:57
228
Ma`naviy zararni undirishga haqlimanmi?

— Qo`shnim meni mahalla fuqarolar yig`inida haqoratlagani uchun ma`muriy javobgarlikka tortildi. Lekin o`zimni kamsitilgan, deb ruhan ezildim, sharmanda bo`ldim. Undan ma`naviy zarar undirishga haqqim bormi?

A. Tog`aev, Samarqand tumani

Bekzod XUDAYBERGANOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi:

Siz fuqa­ rolik sudiga ma`naviy zararni undirish haqida da`vo ariza bilan murojaat qilish huquqiga egasiz. Amaldagi Fuqarolik kodeksiga ko`ra, ma`naviy zarar pul bilan qoplanadi. Ma`naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga etkazilgan jismoniy va ma`naviy azoblarning xususiyatiga qarab sud tomonidan aniqlanadi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Комментарии