AsosiySavol-javob

Qaynotamning uyiga kirishga haqqim bormi?

'Qaynotamning uyiga kirishga haqqim bormi?'ning rasmi

— Qaynotamni uyiga kelin bo`lib tush­ganman, doimiy ro`yxatda ham turaman. Turmush o`rtog`im bilan kelishmovchiliklar sabab, 3 oydan buyon birga yashamaymiz. Hozir qaynotam uyga kiritmayap­ti. Uyga kirishga haqqim bormi?

A. Berdieva, Samarqand shahri

Bekzod XUDAYBERGANOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi:

— Amaldagi uy­joy kodeksiga ko`ra, uy­joyda doi­ miy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo`lmaganida turar­ joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi. Shunga ko`ra, siz fuqarolik sudiga da`vo ariza bilan murojaat qilishga haqlisiz.

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar