42

Qaynotamning uyiga mening haqqim bormi?

Savol-javob 04.10.2019, 15:14
313
Qaynotamning uyiga mening haqqim bormi?

— Qaynotamning nomida bo`lgan uyga kelin bo`lganman, u erda doimiy ro`yxatda turaman. O`zaro kelishmovchilik sabab, uch oydan beri ota-onamning uyidaman. Turmushimni tiklash uchun kelinlik uyimga qaytib borgandim, kiritishmadi. Qanday yo`l tutay?

Sh.Muhammedova, Andijon viloyati, Bo`z tumani

Gulnoraxon ASRANOVA, Fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudining sudyasi:

— Doimiy ro`yxatda turgan bo`lsangiz, Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko`ra, shu uyda doimiy yashovchi shaxs hisoblanasiz. Uydan chiqib ketgan vaqtingizdan boshlab, 6 oy davomida uydan foydalanish huquqingiz saqlanib qolinadi. Agar uyga kiritishga qarshilik bo`lgan taqdirda, kirib yashamoqchi bo`lgan uy joylashgan hududdagi Fuqarolik ishlari bo`yicha sudga uyga kiritish masalasida murojaat qilishga haqlisiz.

Bordi-yu, 6 oy davomida kelinlik uyingizda yashashga harakat qilmagan bo`lsangiz, uy mulkdorining da`vosi bo`yicha uydan foydalanish huquqini yo`qotgan, deb topilishingiz mumkin.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Комментарии