Му5
46

“Sergelidagi yangi qurilgan uyning 1kv.m narxi qancha?”

Savol-javob 04.10.2019, 16:40
1583
“Sergelidagi yangi qurilgan uyning 1kv.m narxi qancha?”

— Sergeli tumani 8-qurilish uchastkasi 11 uy 10 xonadonni Yunusobod tumani xokimiyatiga biriktirilgan. Ushbu olgan uyimning 1kv.m narxi qancha? Daslabki shartnoma tuzilayotgan ekan Yunusobod tumani ushbu shartnomani qachon oladi? Uy qachon foydalanishga topshiriladi?

Toshkent shahri, Malikov Fozil

Ushbu savolga “O`zshahar qurilish invest” MChJ oydinlik kiritdi.

— Sergeli tumani 8-qurilish uchastkasidagi 11-uyning bir metr kvadratini narxi 3 980 000 danso`mdan oshmasligini ma`lum qilamiz. Yunusobod tuman hokimligi tomonidan biriktirilgan aholi ro`yxati tavsiya qilinmaganligi sababli, dastlabki shartnoma tuzish imkoniyati bo`lmayapti. Agarda qo`lingizda biriktirish bo`yicha tuman komissiyasining qaror nusxasi bo`lsa, Sergelidagi kompaniya Shtabiga borib, dastlabki shartnomani tuzishingiz mumkin bo`ladi. Qurilish ishlari oktyabr oyi oxirida yakunlanadi.

Шарҳлар