Му5
5

Rasul Kusherbaev orqasida kim turgani va kimdan kuch olayotganini ma`lum qildi

Jamiyat 20.01.2020, 13:13
2479
Rasul Kusherbaev orqasida kim turgani va kimdan kuch olayotganini ma`lum qildi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida Qonunchilik palatasining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Dastavval, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri va uning o`rinbosarlari saylab olindi.

Shundan so`ng O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Parlamentga murojaati eshitildi.

Davlat rahbari murojaatidan so`ng, yig`ilishda bir nechta deputatlar so`zga chiqish xohishlari borligini bildirdi. Xususan, bir muddat avval davlat rahbaridan maqtov eshitgan deputat Rasul Kusherbaev so`zga chiqdi. 

“Hurmatli, Shavkat Miromonovich! Hozirgina bizga yo`llagan ma`ruzangizdan biz kuch oldik, shaxsan menga besh yilga etadigan shijoat va g`ayrat berdingiz. Buning uchun sizga minnatdorchilik bildiraman", — deya boshladi Kusherbaev. U o`z nutqida saylovoldi uchrashuvlarda bo`lgan xalq bilan muloqotlarga alohida e`tibor qaratib, har bir ishlab chiqilayotgan qaror va qonunlar, avvalo xalq manfaatiga xizmat qilishi, shuningdek, aholini qonunlar bilan to`laqonli tanishtirish va tushuntirishga erishishimiz lozimligini bildirdi.  

"Mendan ko`p so`rashadi: ilgari kaerda eding, bu kuchni kimdan olyapsan, orqangda kim turibdi, deb. Har doim shu javobni beraman: orqamda saylovchilar turibdi, kuchni esa men sizdan olaman Shavkat Mirziyoev! Siz biz — deputatlarga shu qadar katta ishonch va rag`bat bildirgan ekansiz, demak biz keyingi faoliyatimizda sizning va aholining ishonchini oqlashga va`da beramiz", — dedi so`zining yakunida deputat Kusherbaev. 

Шарҳлар