my5
Sevimli

"Qonuniy nikoh yo`qligi huquqlarni cheklaydimi?"

Savol-javob 31.01.2020, 15:41
"Qonuniy nikoh yo`qligi huquqlarni cheklaydimi?"

2017 yil bir insonning yolg`on va`dalariga ishonib, shar`iy nikohdan o`tdim. Kattato`yqilib nikohiga oldi. Ma`lum vaqt yaxshi yashadik, keyin qaynonam bilan urishib qoldim. 6 oylik homilam bilan ota uyimga keldim, shu bilan erim men bilan yashashni istamadi. Farzandimiz tug`ildi hamki, erim kelmadi. Bilsam bir juvon bilan qonuniy nikohdan o`tibdi. Uyiga borsam, qaynonam “birga yashatmayman”, dedi. Bir nechta tashkilotga murojaat qildim, biroq qonuniy nikohdan o`tmaganimiz uchun hech kim hal qilib bermayati. Endi qanday yo`l tutsam bo`ladi?

M.O., Namangan shahar Uchqo`rg`on tumani

Doniyorbek EShChANOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Romitan tumanlararo sudi sudyasi:

— Qonunga ko`ra, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlarida tu­ zilishi va qayd etilishi lozim. Shu bois, diniy rasm ­rusumlarga binoan tuziladigan nikoh haqiqiy hisoblanmaydi va qonuniy deb tan olinmaydi.

Oila kodeksining 62­-moddasiga ko`ra, o`zaro nikohda bo`lmagan ota­onadan bola tug`ilgan taqdirda, ota­onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo`lmasa, ushbu Kodeksning 61­moddasida ko`rsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanishi mumkin.

Otalikni sud tartibida belgilash ota-­onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning qaramog`ida bo`lsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek, bola voyaga etganidan keyin uning o`zi bergan arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Otalikni belgilayotganda sud bolaning onasi bola tug`ilishiga qadar javobgar bilan birga yashagani va umumiy ro`zg`or yuritgani yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganligi yoxud ta`minlab turganliklarini yoki ja­ vobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni e`tiborga oladi. Sud orqali otalikni belgilab, aliment undirish huquqingiz mavjud.

Uy­-joy kodeksining 32-­moddasiga muvofiq, turar ­joy mulkdorining oila a`zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-­xotinning ota­onasi, shuningdek, mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er­-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega bo`lmagan bo`lsa, faqat o`zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a`zolari, deb tan olinishi mumkin.

 Sadoqat ALLABERGANOVA

Шарҳлар