AsosiySavol-javob

O`qituvchilar kommunal to`lovlardan ozodmi?

'O`qituvchilar kommunal to`lovlardan ozodmi?'ning rasmi

— Mavjud qarorlarga ko`ra, qishloqlardagi o`qituvchilar to`liq, shahardagi o`qituvchilar 50 foiz kommunal to`lovlardan ozod etilishi, gaz bilan ham bepul ta`minlanishi kerak. Nega amalda aksini ko`rmayapmiz?   

Rahim Jumaqulov, Surxondaryo viloyati Boysun tumani

QATOR IMTIYoZLAR BERILIShI O`Z KUChINI YO`QOTGAN

N.TILLYaEV, Adliya vazirligi boshqarma boshlig`i:

— Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 martdagi 128-son “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarining professor-o`qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va o`quv-yordamchi xodimlariga qo`shimcha imtiyozlar berish haqida”, 1992 yil 5 fevraldagi Farmonini bajarish choralari to`g`risida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlarga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarining professor-o`qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va o`quv-yordamchi xodimlariga ular yashayotgan davlat va idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni tekinga shaxsiy mulk qilib berish;
  • Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari professor-o`qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlari va o`quv-yordamchi xodimlari uchun birinchi navbatda er uchastkalari ajratishni va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun binokorlik materiallari sotib olishni belgilash;
  • Xodimlarning qaydi qilingan toifalaridan bo`lgan, kamida 10 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo`lgan pensionerlarga ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni joriy etish.

Shuningdek, ushbu Qarorning 3-bandida Moliya vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarining qayd qilib o`tilgan toifalari xodimlari moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash bo`yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan sarf-xarajatlarni respublika va mahalliy byudjetlar hisobidan amalga oshirishi belgilangan. 

Biroq Qarorning 1992 yil 13 martdagi tahriridagi 1-bandining uchinchi xatboshisida belgilangan, 

  • oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarining qishloq joylarda, shahar tipidagi posyolkalarda yashovchi professor-o`qituvchilari tarkibi, ilmiy xodimlari va o`quv-yordamchi xodimlari kvartira haqidan va kommunal xizmatlar (suv ta`minoti, gaz, elektr va issiqlik energiyasi) uchun haq to`lashdan ozod qilinishi;

Shaharlarda yashovchilarga esa kvartira haqi va komunnal xizmatlar uchun haq to`lashda 50 foiz miqdorida imtiyozlar berilishi, markaziy isitish tizimiga ega bo`lmagan uylarda yashovchilarga belgilangan normalar doirasida sotib olinadigan yoqilg`i uchun kompensasiya berilishi to`g`risidagi norma Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 18 apreldagi 178-son qarori bilan o`z kuchini yo`qotgan.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar