my5
Sevimli

Fuqaro arizasi nega rad etilganiga Oliy sudning Ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati raisining o`rinbosari izoh berdi

Savol-javob 31.01.2020, 17:31
Fuqaro arizasi nega rad etilganiga Oliy sudning Ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati raisining o`rinbosari izoh berdi

— Yoshim 69 da. Oliy sudning 2019 yil 27 iyundagi Xorazm viloyat ma`muriy sudi apellyasiya instansiyasining 3-7-19-sonli qarori ustidan berilgan nazorat shikoyatini sudlov hay`atiga o`tkazishni rad etish to`g`risidagi ajrimini bekor qilish va shu sudning 2018 yil 17 dekabrdagi hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi apellyasiya instansiyasining 3-7-19-sonli qarori ustidan norozi bo`lib keltirgan nazorat tartibidagi shikoyat arizamni ko`rib chiqishlik uchun Oliy sudning sudlov hay`atiga o`tkazishni so`rab ariza yozgandim. Biroq natija bo`lmadi. Arizam nega rad etilganiga oydinlik kiritib bersangiz.

Zevar Sapaeva, Xorazm viloyati Xonqa tumani 

SUDLOV HAY`ATIGA O`TKAZIShGA ASOS YO`Q

Mo`min ASTANOV, Oliy sudning Ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati raisining o`rinbosari:

— U.Yuldasheva Xorazm viloyat ma`muriy sudi aellyasiya instansiyasining 2019 yil 11 yanvardagi qarori bilan hal qiluv qarori ustidan Oliy sudga nazorat shikoyati bilan murojaat qilgan. Oliy sud sudyasining 2019 yil 27 iyundagi ajrimi bilan Z.Sapaevaning apellyasiya instansiyasi sudining qarori ustidan bergan nazorat shikoyatini ko`rib chiqish uchun sudlov hayo`atiga o`tkazish rad etilgan. 

Oliy sud sudyasi ustidan shikoyat qilingan qarorni o`zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslarni aniqlagan holda nazorat shikoyatini ko`rib chiqish uchun sudlov hay`atiga o`tkazadi. 

Z.Sapaevaning nazorat shikoyati ko`rib chiqish uchun sudlov hay`atiga o`tkazilmaganidan norozi bo`lib, bergan arizalari Oliy sud raisi o`rinbosarlari tomonidan o`rganib chiqilgan. Oliy sud sudyasining ajrimini bekor qilishga va nazorat shikoyatini ko`rib chiqish uchun sudlov hay`atiga o`tkazishga asos yo`q. 

Sadoqat ALLABERGANOVA

Шарҳлар