my5
Sevimli

Issiqxona tashkil qilishda soliqdan imtiyoz yo`qmi?

Savol-javob 03.02.2020, 14:28
Issiqxona tashkil qilishda soliqdan imtiyoz yo`qmi?

— Yoshim 85 da. 0,32 ga er maydonim bor. Shundan 0,18 ga maydoni issiqxona. Issiqxonada pomidor, bodring, limon, mandarin etishtiraman. Qolgan 0,14 ga maydonda sun`iy qoplamali futbol maydonchasi va “Navbahor” mahalla idorasi joylashgan. Choyxonam ham bor. Bulung`ur tuman soliq idorasidan issiqxona, choyxona, futbol maydonchasiga bir xilda umumbelgilangan soliq undirishdi. Issiqxona uchun davlat tomonidan imtiyoz yo`qligini aytishdi. Iltimos, shunga aniqlik kiritib bersangiz.

Bosim Kayumov, Samarqand viloyati Bulung`ur tumani

Zuhriddin SULAYMONOV,

Davlat soliq qo`mitasi katta inspektori: 

— Murojaatda keltirilgan er maydoni Bulung`ur tuman ho- kimining 2015 yil 15 dekabrdagi 1779-q-sonli qarori asosida “Sun`iy qoplamali mini futbol maydonchasi, maishiy xizmat ko`rsatish nuqtasi va choyxona binosi qurilishi” uchun ajratilgan bo`lib, er solig`i yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i stavkalari bo`yicha hisoblangan.

Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 26 dekabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo`ljallari to`g`risida”gi 4086-sonli qarorida er solig`i stavkalari har bir hudud bo`yicha alohida belgilangan va 8 ta jadvaldan iborat bo`lib, tijorat va xizmat ko`rsatish ob`ektlariga qishloq joylarida joylashgan ob`ektlar uchun 7-jadvaldagi stavkalar qo`llanilishi belgilangan.

Agar issiqxona qurish uchun ajratilgan erdan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilsa yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilsa, er solig`i 7-jadvalda belgilangan stavkada undiriladi.

Bundan tashqari, Soliq kodeksining 276-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslar soliq solish ob`ektlaridan tadbirkorlik faoliyati maqsadida foydalanganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo`lgan yashash uchun mo`ljallanmagan bino va inshootlar bo`yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo`yicha to`lanadi. Mazkur ob`ektlarga mol-mulk solig`idan imtiyozlar qo`llanilmaydi.

Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo`lgan yashash uchun mo`ljallanmagan bino va inshootlar bo`yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2018 yilga qadar kadastr filiallari tomonidan taqdim etiladigan inventarizasiya qiymati va 2018-2019 yillarda kadastr qiymatdan kelib chiqib hisoblanadi.

Soliq stavkasi inventarizasiya va kadastr qiymatining 2015 yilda 4%, 2016-18 yillarda 5%, 2019 yildan 2%ni tashkil etadi hamda mazkur stavkalardan kelib chiqib mol-mulk solig`i hisoblanadi.

Kadastr filiallari tomonidan ko`chmas mulklarning inventarizasiya qiymati taqdim etilmagan taqdirda shartli qiymat qo`llanilgan holda mol-mulk solig`i hisob- lanadi. 2018 yilga qadar shartli qiymat viloyat markazlarida 20 328 000 so`m va qishloq joylarda 8 833 000 so`m, 2018-2019 yillarda viloyat markazlarida 210 000 000 so`m va qishloq joylarida

90 000 000 so`m qilib belgilangan. Kadastr filiallarida belgilangan tartibda ro`yxatga olinmagan yangi qurilgan ob`ektlar bo`yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatining

2 baravari miqdoridan kelib chiqib undiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, sizning egaligingizda bo`lgan 0,32 ga er maydoni uchun er solig`i tijorat va xizmat ko`rsatish ob`ektlariga qishloq joylarida joylashgan ob`ektlar uchun 7-jadvaldagi stavkalar bo`yicha hisoblangan. Mazkur ob`ektlarga er solig`idan imtiyozlar qo`llanilmagan.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Шарҳлар