13

II guruh nogironlari er-mulk solig`idan ozod etiladimi?

Savol-javob 17.02.2020, 16:24
1024
II guruh nogironlari er-mulk solig`idan ozod etiladimi?

— II guruh nogironiman, 3 nafar farzandim bor. 2 nafar farzandim “kontrakt”da o`qiydi. Xotinim ishlamaydi, menga qaraydi. Menga qanday imtiyozlar bor? Er va mulk solig`idan ozod etilamanmi?

Sayidazim Eshmanov, Samarqand viloyati Qo`shrabod tumani

Dildora HAShIMOVA, Davlat soliq qo`mitasi katta inspektori:

— Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo`lgan mol-mulk 60 kv. metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi: 

1. 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri. Bu imtiyoz fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma`lumotnomasi asosida beriladi.

2. Pensionerlar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi. 

3. I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslar. Ushbu imtiyoz esa pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma`lumotnomasi asosida beriladi.

Ushbu moddada ko`rsatib o`tilgan soliq imtiyozlariga ega bo`lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo`lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish ob`ekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Mazkur moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko`ra, faqat bitta yashash uchun mo`ljallangan ko`chmas mulk ob`ektiga tatbiq etiladi. Soliq kodeksining 436-moddasiga asosan, jismoniy shaxslar uchun er solig`idan I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komis siyasining ma`lumotnomasi asosida beriladi.

4. Yolg`iz pensionerlar. Yolg`iz yoki voyaga etmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg`iz pensionerlar, deb tushuniladi. Ushbu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi tuman (shahar) bo`limining ma`lumotnomasi, shuningdek, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining ma`lumotnomasi asosida beriladi. 

Sadoqat ALLABERGANOVA

Шарҳлар