Koronavirusinfouz telegram kanali koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq qisqa savol-javoblarni chop etdi.
Koronavirusning issiqda o`lishi rostmi?
Yangi SARS-CoV-2 koronavirusi 30℃ va undan yuqori darajada o`zining infeksion faolligini to`liq yo`qotadi.
Past darajadagi namlik va quyosh nurlari virusning parchalanishiga yordam beradi.
Virus 70℃ darajada to`liq yo`qoladi.
Koronavirus ko`pqavatli uylardagi ventilyasiya tizimi orqali o`tishi mumkinmi?
Koronavirus, har qanday respirator virus kabi ventilyasiya tizimida ham, kondisionerlarda ham yashamaydi.
Koronavirusni tamaki orqali yuqtirib olish mumkinmi?
Mumkin. Kir qo`l bilan tamakini olib, chekishni boshlasangiz, koronavirusni yuqtirib olish mumkin.
Koronavirus vafot etgan kishining tanasida qancha vaqt saqlanib qoladi? Dafn marosimlarida kasallanish mumkinmi?
Virus COVID-19 ga chalingan odamning vafoti zahotiyoq tanadan yo`qolmaydi.
Taxminlarga ko`ra, u tananing to`qimalarida bir necha kun saqlanib qolishi mumkin.
Dafn marosimlari chog`ida ehtiyot choralarini qo`llash va mayitga teginmaslik lozim.