1

O`zbek va belaruslik ijodkorlar hamkorligida “O`zbek qizi” filmi suratga olinmoqda

Madaniyat 13.04.2021, 14:29
O`zbek va belaruslik ijodkorlar hamkorligida “O`zbek qizi” filmi suratga olinmoqda

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi binoan “Sinema of Sentral Asia» studiyasi va Belarus Respublikasining "Parason Prodakshn" studiyasi ko`magida “Uzbechka” (“O`zbek qizi”) filmi suratga olinmoqda.

Film postanovkachi rejissyori Akbar Bekturdiev kinokartina qanday jarayonlarda ekanligi haqida ma`lumotlar berdi: “Uzbechka” (“O`zbek qizi”) - murakkab postanovkali tarixiy-harbiiy badiiy film sanaladi. Hozirgi paytda filmni suratga olish uchun tayyorgarlik jarayonlarining birinchi etapi yakunlandi. Film ssenariysidagi urushgacha bo`lgan jarayon, ya`ni O`zbekiston hududidagi sahnalari kech kuz va yoz fasllari voqealari mavsumlarga qarab suratga olinadi. Shuningdek, jang bilan bog`liq urush sahnalari Belarus Respublikasining Minsk shahri hududida tasvirga olish rejalashtirilgan. Kinokartinadagi kech kuz epizodlari Jizzax viloyati qishloqlarida suratga olinadi”

Kinokartina ijodiy guruhida belaruslik ijodkorlar ham ishlamoqda. Postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiev, operatorlar Husan Alijonov, Maksim Kurovskiy, postanovkachi rassomlar Akmal Saidov, Vitaliy Grigorevich, kostyumer Natalya Odinsova, grimyorlar Galina Ivanova, Nadejda Kolyosova, ekshn Roman Korolev, art prodyuserlar Fayzirahmon Usmonov, Yuriy Ivanov.  

Rollarda Aysenem Yusupova, Zulxumor Mo`minova, Muhammadiso  Abdulxayirov, Farhod Xudoyberdiev va boshqalar.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1