1

Erkakning xiyonatini fosh qiluvchi 8 belgi

SUG'DIYONA 07.04.2016, 17:07
Teglar: Ayol, Erkak, Oila
Erkakning xiyonatini fosh qiluvchi 8 belgi

Erkakning xiyonatini fosh etish uchun albatta uning ko`ylagidan lab bo`yog`i yoki uning mashinasi salonidan ayollar kosmetik vositalarini topib olish shart emas. Bunday voqealar komediya filmlarda bo`lishi mumkin. Hayotda esa erkak kishi “sarguzasht”larini rafiqasidan yashirish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi. Ammo “Aif.ru” nashri sizga xiyonatni aniqlashning sakkiz belgisi bilan tanishtirishga qaror qildi. Ular bilan tanishing!

№1 belgi – uning ishdan beri kelmasligi

Siz ilgari eringizning bunchalik “mehnatsevar” inson ekanligini sezmagansiz. U ilgarilari 8:00 da ishga ketib, 17:00 da uyda bo`lgan. Endi nimagadir ishlari ko`payib ketib, uchinchi smenaga ham ishga qoladigan bo`lib qolgan. Rahbariyat ham faqat unga topshiriq beradi, faqat uni xizmat safarlariga yuboradi. 

Darrov janjal ko`tarishga shoshilmang. Balki haqiqatan ham eringizni ish joyida vaziyat o`zgargandir. Bunda nafaqat uning kech qolishiga, balki xulq-atvoriga ham e`tibor bering. 

№2 belgi – o`ziga o`ta darajada oro berishi

Erkak kishi xotinidan tashqari biror ayol bilan uchrashadigan bo`lsa, o`ziga o`ta oro beradi. Ilgarilari haftasiga bir marta zo`rg`a hammomga tushgan bo`lsa, endi har kuni yuguradigan bo`lib qoladi. Tez-tez kiyimlarini, bo`yinbog`ini, paypog`ini almashtiradi, atirini o`zgartirib turadi. 

Har bir ayol erining xulq-atvorini yaxshi bilganidan uning harakatlaridagi ozgina o`zgarishni sezib qoladi. Chunki odam shunchaki o`zgarmaydi. Bu jiddiy belgi. 

№3 belgi – sportga qiziqishi ortadi

Agar eringiz sog`lom bo`lishni istab, ozish uchun sportzalga borishni istasa, bundan xursand bo`ling. Ammo oilali erkak dabdurustdan rafiqasiga “Men sportzalga boraman”, demaydi. U rostdan ham ozishni istasa, avvaliga bu masalada rafiqasi bilan maslahatlashadi va birga borishni, birga shug`ullanishni taklif qiladi. Agar u birdaniga sportzalga borishni istab qolsa, birga borishni iltimos qiling va uning javobiga e`tibor bering.

№4 belgi – intim munosabatlardagi o`zgarish

Eng yomoni erkak kishining rafiqasi bilan munosabatlariga butunlay chek qo`yib, his-tuyg`usiz, unga bee`tibor bo`lib qolishidir. 

№5 belgi – boshqa ayollarga e`tiborli bo`lib qolishi

Jinsidan qat`i nazar, har qanday odam go`zal insonga havas bilan nazar tashlaydi. Ammo hamma gap uning bu go`zallikka qanday boqishidadir. Xiyonat ko`chasiga qadam qo`ygan erkak hattoki rafiqasining oldida ham tap tortmay, begona ayolga suq bilan tikiladi. Rafiqam xiyonatimni sezmayapti deb, o`zini erkin his qiladi va yana “ov” qilish istagi paydo bo`ladi. Bu unga shartli refleks bo`lib qoladi.  

№6 belgi – juda shirinso`z yoki aksincha qo`pol bo`lib qoladi

Jazmani bo`lgan erkak rafiqasiga nisbatan o`ta shirinso`z yoki qo`pol munosabatda bo`ladi. Agar erkak endigina xiyonat ko`chasiga kirgan bo`lsa, rafiqasiga nisbatan xushmuomala bo`lib, unga turli sovg`alar hadya qiladi. Ammo erkaklarning xulq-atvori har xil bo`lganidan ularning ba`zilari qo`pol va tund insonga aylanadilar. Ular rafiqasining har bir ishidan kamchilik topib, janjal chiqarishga harakat qiladi. Bunday hayot odamni charchatib qo`yadi.

№7 belgi – ko`zga tik qaray olmaydi

Rafiqasiga sodiq bo`lgan erkak, tasodifan xiyonat qilsa, vijdoni qiynalganidan rafiqasining ko`ziga qaray olmaydi yoki unga sizdan boshqa hech kim kerak emasligi haqida kiprik qoqmay yolg`on gaprishi mumkin.

№8 belgi – telefonini qo`lidan qo`ymaydi

Mabodo eringiz barcha ishlarini telefon orqali hal qiladigan biznesmen-tadbirkor bo`lmasa, uning birdan telefoniga yopishib qolishi tashvishli holdir. Agar u telefoniga parol qo`yadigan, yoniga yaqinlashganingizda telefonini yashirishga harakat qiladigan bo`lsa xavotirlashingiz uchun sabab bor.

Belgilarning o`zi dalil bo`lolmaydi

Yuqoridagi belgilar bilan eringizni xiyonatkorga chiqarib qo`yish ham noto`g`ridir, ammo hushyorlikni qo`ldan bermaslikda ular sizga yordam berishi mumkin. Ko`pincha ayollar turmush o`rtoqlari boshqa ayol bilan yashirincha uchrashayotganini juda kech anglashadi. Bunda erkak kishi o`zini xavfsiz sezib, ochiqchasiga yura boshlaydi. Bunday holatda erkakni ortga qaytarish qiyin kechadi. Nomlari sanab o`tilgan belgilar erkak kishi endi jazman topganda namoyon bo`ladi. Ayollar erining fe`lidagi o`zgarishlarni sezsa-da, bunga e`tibor berishmaydi, natijada ne umidlar bilan qurilgan oila tanazzulga yuz tutadi.

Mabodo eringizning xiyonatini sezib qolsangiz, darrov janjal ko`tarishga shoshilmang. U bilan chin dildan, samimiy gaplashib ko`ring, tushunishga harakat qiling, do`stiga aylaning. Shu bilan birga o`zingizga oro berishni, imijingizni o`zgartirishni ham unutmang. Axir xalqimiz bekorga “Onangni otangga bepardoz ko`rsatma”, demagan. Uni rashk qilishga majbur qiling, sirli ayolga aylaning. Agar u sizning bu “hiyla”laringizga bo`ysunadigan bo`lsa, demak hali oilani saqlab qolish imkoniyati mavjud bo`ladi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1