1

Sog`liq uchun foydali bo`lgan kundalik yumushlar

SUG'DIYONA 11.04.2016, 11:52
Teglar: Ayol
Sog`liq uchun foydali bo`lgan kundalik yumushlar

Har kuni bajaradigan yumushlaringiz, qiziqishlaringiz, xobbilaringiz sog`ligingiz uchun foydali bo`lishi mumkin, deb xabar beradi “Mail.ru” nashri.

Tikish va to`qish. 

Qo`lning bir zayldagi va takroriy harakatlari xayolingizdan yomon o`y-fikrlarni haydab, stressni yo`qotadi. Bundan tashqari 2013 yil tadqiqotchilar tomonidan 3,5 ming ko`ngillilar ishtirokida o`tkazilgan sinovlar natijasida bu xobbi miya faoliyatiga ijobiy ta`sir qilib, inson yaxshiroq fikrlay boshlaydi, deb yozadi Health.com nashri.

Bo`yash va rasm solish. 

To`qish kabi qo`l harakatlari orqali bajariladigan bo`yash va rasm solish ham miya faoliyatini yaxshilaydi va u insonlarni stressdan himoya qilib, xavotirni kamaytiradi. Bu narsa art-terapiya deb ataladi. Tadqiqotchilarning fikricha, art-terapiyani muammoli o`smirlardagi depressiyani davolashda qo`llash hamda u orqali inson o`z his-tuyg`ularini ifodalash mumkin.

Uy hayvonlari boqish. 

Uy hayvonlarini boqish, ularga g`amxo`rlik qilish qon bosimini me`yoriga keltirib, qondagi xolesterin va trigliserodlar miqdorini kamaytiradi hamda yolg`izlik hissidan xalos etadi. Kuchuk boquvchilar esa har kuni tongda sayrga chiqqanda o`zlari ham toza havodan nafas olib, qomatlarini a`do darajada saqlashga erishadilar. 2011 yili AQShda 6 ming ko`ngilli ishtirokida o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida muntazam ravishda iti bilan sayrga chiqadigan insonlar it boqmaydiganlarga nisbatan semirishga kamroq moyil bo`lishar ekan. 

Ovqat tayyorlash. 

Uy sharoitida tayyorlangan ovqat, restorandagi turli ta`m beruvchi moddalar qo`shilgan ovqatdan ko`ra foydaliroq ekanligi hech kimga sir emas. 2014 yilda o`tkazilgan tadqiqotlarga ko`ra uyda ovqat tayyorlab eyish, ko`chadagidan ko`ra 130 kaloriya kamroq ovqat iste`mol qilishiga olib keladi.

Bundan tashqari sog`lik uchun foydali bo`lgan mashqlardan biri bu muntazam ravishda bajariladigan meditasiya mashqlaridir. Bu mashqlar ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, qon bosimini kamaytiradi, stress oqibatida yuzaga kelgan shamollash reaksiyalarining, jismoniy og`riqning oldini oladi. 

Sog`liqni saqlashning yana bir usuli ko`proq sayohat qilishdir. 2009 yilda o`tkazilgan tadqiqotlar mehnat ta`tili vaqtida ko`ngilli hordiq chiqarish yurak xurujining, depressiyaning, qon bosimi ko`tarilishining oldini olishini, stresslar gormonining kamayishini keltirib chiqarishini aniqladi. Go`zal tabiat qo`yniga yushtirilgan sayohat yurak qon-tomir va saraton kasalliklarining oldini oladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1