1

Tayvanda yong`in oqibatida 9 kishi halok bo`ldi

Dunyo 14.10.2021, 12:12
Teglar: Tayvan
Tayvanda yong`in oqibatida 9 kishi halok bo`ldi

Tayvan janubidagi Gaosyun shahrida sodir bo`lgan yong`inda kamida 9 kishi halok bo`ldi. 

Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.  

Qayd etilishicha, 40 yil muqaddam qurilgan 13 qavatli savdo va turar-joy binosida yuzaga kelgan yong`in natijasida, 44 kishi jarohatlangan va kasalxonaga yotqizilgan.  

Yuzaga kelgan yong`inni o`chirish uchun 159 ta o`t o`chiruvchilar safarbar qilingan. 

Voqea joyiga etib kelgan qutqaruvchilar ma`lum qilishicha, qurbonlar soni yanada ko`payishi mumkin. 

                                                                           Izzatbek ABDUVAHOBOV tayyorladi

Sharhlar

Pelosining Tayvanga tashrifi tufayli endi jahon urushi boshlanishi mumkin — Financial Times

05.08.2022, 13:22

AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi yangi jahon urushini boshlash uchun bahona bo`lishi mumkin. Bu haqda Financial Times xabar bergan.“Geostrategik ofatlar kamdan-kam hollarda...
Xitoy armiyasi Tayvan atrofida jangovar o`q otish mashqlarini boshladi

04.08.2022, 10:41

Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi jonli otishma bilan keng ko`lamli harbiy mashg`ulotlarni boshladi. Ular Tayvan atrofidagi oltita hududda bo`lib o`tadi, deya xabar berdi Xitoy markaziy televideniesi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1