1

“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni sovrindorlari e`lon qilindi

Jamiyat 10.12.2021, 11:12
“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni sovrindorlari e`lon qilindi

Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, inson huquqlari targ`iboti, inson huquqlari sohasidagi ta`lim va ilmiy tadqiqotlari, ekologik huquqlarni himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun bir guruh fuqarolar va tashkilotlar hamda xalqaro tashkilot vakillari «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko`krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar berdi. 

Xususan:

I.Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari uchun

● Normuradov Murodulla Tog`aevich – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo`yicha vakilining (Ombudsman) Qashqadaryo viloyati Mintaqaviy vakili;

● Kasimov Dilmurod Sultanmuratovich – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil;

II. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlar faoliyati uchun

● O`zbekiston Nogironlar Assosiasiyasi;

● Muhamedova Zebiniso Ibrohimovna – O`zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig`i;

III. Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qo`shgan hissasi uchun

● Yusupova Inqilob Tursunovna – Bolalar va oilalarni qo`llab-quvvatlash assosiasiyasi raisi;

● Renata Vinter – BMTning Bola huquqlari bo`yicha qo`mitasi a`zosi (2013-2020 yillar);

IV. Inson huquqlarini targ`ib qilish faoliyati uchun

● Najmiddinova Feruzaxon Murodulla qizi – “Qalampir.uz” internet-nashri jurnalisti;

● Normatov Farhod Bashbekovich – “Adolat ko`zgusi” gazetasi bosh muharriri;

V. Inson huquqlari sohasidagi ta`lim va ilmiy tadqiqotlari uchun

● Fedotov Mixail Aleksandrovich – “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti yuridik fakulteti professori (Rossiya), Rossiya Federasiyasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo`yicha kengashining sobiq raisi;

● Muqimov Ziyodulla Yusupovich – Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti professori, yuridik fanlar doktori;

VI. Ekologik huquqlarni himoya qilishga qo`shgan hissasi uchun

● “Ekomaktab” ekologik-resurs markazi;

● Kosimova Nargis Sunnat qizi –  O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti media va kommunikasiya fakulteti dosenti, ekojurnalist;

VII. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun

● Tomas Kunse – Konrad Adenauer nomidagi jamg`armaning Rossiya bo`yicha mintaqaviy vakolatxonasi vakili;

● Elizabet Klark – AQShning Brigama Yanga universiteti Huquq va dinni o`rganish xalqaro markazi direktorining o`rinbosari.

Ma`lumot uchun: Mazkur ko`krak nishoni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi farmoni asosida ta`sis etilgan. 

«Inson huquqlari himoyasi uchun» ko`krak nishoni har yili 10 dekabr — Xalqaro inson huquqlari kunida Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori tomonidan tantanali ravishda o`z egalariga topshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1