1

Ertaga Kinochilar uyida "Muhabbat bahori" filmi premera qilinadi

Madaniyat 26.05.2022, 16:41
Ertaga Kinochilar uyida "Muhabbat bahori" filmi premera qilinadi

Ertaga 27 may Kinochilar uyida soat 18:00 da Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ibrohim Rasulovning "Muhabbat bahori" kinokartinasi premera qilinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Filmda ikki ijodkor O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, hayot yo`llari, ijodi, ayriliq, vafo, sadoqat tuyg`ulari hikoya qilinadi.  

Ssenariysi mualliflari Zulfiya Qurolboy qizi va Mikoyil Sulaymonov, postanovkachi rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Tal`at Mansurov.

Ma`lumot uchun, “Muhabbat bahori” filmining 14 may kuni Qashqadaryo viloyatida bo`lib o`tgan “Madaniyat va ma`rifat karvoni” tadbirlari doirasida maxsus namoyishi bo`lib o`tgan edi.  

— Ushbu filmni suratga olayotganimda uni birinchi navbatda maktab o`quvchilari ko`rishi lozimligini bilardim va bundan juda xursandman. Bu men uchun rejissyor sifatida katta sovg`a bo`ldi, – dedi film rejissyori Ibrohim Rasulov.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1