1

YuNISEF SSVga 2150 ta kompyuter jamlanmasini taqdim etdi

Jamiyat 07.06.2022, 11:45
Teglar: Firibgarlik
YuNISEF SSVga 2150 ta kompyuter jamlanmasini taqdim etdi

Joriy yil mart oyida Sog`liqni saqlash vazirligi va YuNISEF tomonidan 2022-2025 yillarga mo`ljallangan 102,5 million AQSh dollarilik "Yo`l xaritasi" imzolangan edi.

Bugun ushbu hamkorlik doirasida Sog`liqni saqlash vazirligiga mamlakatimizda milliy immunizasiya tizimini mustahkamlash va sog`liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2150 ta zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan o`tkazilgan tadbirda Sog`liqni saqlash vaziri B.Musaev, YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mamedzade, vazirlik mas`ullari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Taqdim etilgan ushbu kompyuter vositalarining umumiy qiymati 1,5 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Mazkur mablag` Vaksinalar va immunizasiya bo`yicha global alyansi (GAVI) tomonidan sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish doirasida ajratildi.

Ushbu zamonaviy kompyuter vositalari mamlakatimizda samarali vaksina va immunizasiya boshqaruvini mustahkamlash, birlamchi tibbiyot muassasalarida sog`liqni saqlash tizimini boshqarishning funksional axborot tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta`kidlash lozimki, mazkur jihozlar yurtimizdagi mavjud barcha emlash punktlari va birlamchi tibbiyot muassasalariga etkazib beriladi.

Sharhlar

Turkiyadagi o`zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

21.04.2024, 15:36

Turkiya hududida bo`lgan o`zbekistonliklar ogohlikka  chaqirildi. Bu haqda Istanbul Boshkonsulxonasi xabar berdi. Xabar berilishicha, Turkiya hududida keng tarqalayotgan firibgarlikning navbatdagi turlaridan biri:onlayn savdo orqali bergan buyurtmani...
Vobkentda “E-IJRO AUKSION” orqali sotib olingan er hujjatlarini rasmiylashtirmoqchi bo`lgan firibgarlik ushlandi

15.04.2021, 17:08

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Ermulkkadastr” davlat korxonasi Vobkent tuman filiali “Bir oyna” bo`limi boshlig`i J.G. fuqaro R. tomonidan...
Buloqboshi tuman qurilish bo`limi mutaxassisi firibgarlik ustida ushlandi

09.03.2021, 15:20

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Buloqboshi tuman qurilish bo`limi mutaxassisi Z.U. fuqaro T.S.ga savdo va maishiy xizmat ko`rsatish shahobchasi...
Uyni "tozalovchi" lo`li ayol qo`lga olindi

16.01.2021, 17:13

2020 yilning 29 oktyabr kuni soat 14:30 larda lo`li millatiga mansub bo`lgan ayol, Yakkasaroy tumani Toshbuloq ko`chasida yashovchi Nasiba A,ni aldab 12.500.000 so`mlik tilla-taqinchoqlarini qo`lga kiritgan....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1