1

Toshkentda yangi dehqon bozori qurilishi boshlandi

Jamiyat 04.08.2016, 11:54
Teglar: Bozor
Toshkentda yangi dehqon bozori qurilishi boshlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan TTZ-2 mavzesida katta dehqon bozori qurilish ishlari boshlandi, deb xabar berdi “Rodrobno.uz” nashri. Bu haqda nashr muxbiriga tuman hokimi Shomansur Ahmedov ma`lumot bergan.

Loyihaga asosan yangi bozor usti yopiq bir qavatli pavilon bo`lib, 800 ta savdo nuqtasiga ega bo`ladi. 

“Hozirda pudratchi aniqlangan, ayni vaqtda ob`ektning poydevori uchun chuqur qazildi. Yangi bozorning ochilishini yanagi yilning Navro`z bayramiga rejalashtirganmiz”, dedi tuman hokimi.

Bozorda go`sht, sut va meva-cheva mahsulotlarini sotish ko`zda tutilgan. Bundan tashqari mahsulotlarni sifatli saqlash uchun muzlatish kameralari o`rnatish ham hisobga olingan. 

Shomansur Ahmedovning ma`lumot berishicha, qurilish uchun bankdan kredit ajratilgan. Ilk hisob-kitobga ko`ra, hozircha qurilishga 7 milliard so`m pul sarflanadi.

Sharhlar

Statqo`m markaziy dehqon bozorlaridagi narx-navoni ma`lum qildi

15.10.2021, 09:06

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e`lon qildi. 13 oktyabr holatiga bozorlarda suyakli mol...
"Abu-Saxiy" bozorida yotib yurgan ayolning shaxsi aniqlandi (video)

06.11.2019, 00:27

4 noyabrdan 5 noyabrga o`tar kechasi ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi “Abu-Saxiy” bozori atrofida uysiz qolgan keksa yoshdagi onaxon ko`chada yotib kun kechirayotgani haqida videoxabar tarqaldi. Mazkur...
​“Chorsu”dagi do`konlardan birida o`g`irlik fosh etildi

11.07.2017, 11:20

2017 yilning 6 iyul kuni taxminan soat 16:30larda, muqaddam sudlangan Musaeva Zarifa Tursunqul qizi, o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanidagi “Chorsu” bozori...
​“Abu saxiy” bozori yaqinida “universal” o`g`irlik sodir etgan shaxs ushlandi

19.05.2017, 12:10

2017 yilning 14 may kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” bozori yonida 1984 yilda tug`ilgan Zangiota tumani Bobur ko`chasi 1A uyda yashovchi fuqaro Safaev Shuhrat...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1