Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi "Barselona" darvozaboni Klaudio Bravoni o`z safiga qo`shib olganini rasman e`lon qildi.
Shartnoma muddati va transfer qiymati haqida hozircha ma`lumotlar yo`q. Chililik davrozabonni “Manchester Siti”ga sotgan kataloniyaliklar bir necha soat oldin “Ayaks” posboni Yasper Sillessenni sotib olganini e`lon qilgandi.
– "Manchester Siti" klubiga qo`shilganimdan xursandman. Klub o`ziga xos loyihani amalga oshirayotganidan xabarim bor. Jamoaning bo`lajak yutuqlariga o`z hissamni qo`shishga umid qilaman. Ikki yil fantastik mavsumdan keyin "Barselona"ni tark etish oson bo`lmadi. Lekin Pep Gvardiola bilan birga ishlash imkoniyatidan voz kecha olmadim, – dedi Bravo.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...19.11.2021, 22:29
Angliya Premer-ligasi va NBC Universal o`zaro manfaatli shartnoma imzoladi. Bu haqda BBC xabar berdi. Qayd etilishicha, amerika teleradiokompaniyasi Premer-liga o`yinlarini ko`rsatish huquqini to`liq sotib olgan. Kelishuv qiymati 2...