“Real Madrid” bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub hujumchisi Krishtianu Ronalduni “Las-Palmas”ga qarshi (2:2) o`yinda zaxiraga olinish qaroriga izoh berdi, deb xabar bermoqda Goal.
“Ronaldu zaxiraga olinganida xafa bo`lgani yaxshi. Chunki bu holat Krishtianu jamoa taqdiriga befarq emasligini ko`rsatdi. Men unga barchasini tushuntirdim. Hozir futbolchilar bitta mavsumda 60 tagacha o`yin o`tkazadi. Mening davrimda biz shuncha o`yinni ikki yilda o`tkazardik. Menimcha, futbolchi shuncha o`yinda bir xil darajada o`ynay olmaydi”, – dedi fransiyalik mutaxassis.
Eslatib o`tamiz, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi “Las-Palmas”ga qarshi i o`yinda zaxiraga olingani uchun Zidanga norozilik bildirgandi. Keyinroq Ronaldu “Real” prezidentiga uning ustidan shikoyat qilgan.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...20.01.2022, 22:57
Madridning "Real"ning sobiq ustozi Zinedin Zidan kelasi yozda "PSJ" bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Marca xabar bermoqda. Qayd etilishicha, "PSJ" allaqachon 49 yoshli mutaxassisga taklif bilan...