1

“Qo`shmachi”ning qo`shimcha “qilig`i”

Jinoyat 17.10.2016, 12:30
Teglar: Jinoyat, fohisha
“Qo`shmachi”ning qo`shimcha “qilig`i”

Harbir inson o`zi istiqomat qiladigan uyini muqaddas go`sha deb biladi. Chunki bu joyda farzand tarbiyalaydi, baxtli kunlarini o`tkazadi. Shuning uchun insonga o`z uyi qadrdon. Azaldan uyni yomon ko`zlardan, nobop ishlardan, nopok kimsalarning qadamidan asrash xalqimizga xos ezgu odatlar sirasiga kiradli.

Lekin afsuski shunday shaxslar borki, inson o`zi uchun aziz bo`lgan qo`rg`onida jirkanch ishlar bilan shug`ullanib, uni bulg`aydilar. Ulardan biri Xumora Hamidova (ism-familiyalar o`zgartirilgan) dir.

U ancha yillardan o`z xondonida fohishaxona tashkil qilib, uzoq muddat bundan moddiy manfaat ko`rib keladi. Bu ishlari fosh bo`lib, qilmishiga yarasha jazolanishga ham ulgurgan. Lekin bundan kerakli xulosa chiqarmagan Xumora yana eski kasbi — qo`shmachilik bilan shug`ullana boshlaydi. Dastlab uning oldiga bir tanishi Salima ismli juvonni olib keladi. “Opa, bu qiz ish topolmay qiynalib yurgan ekan, qanday ish bo`lsa ham bajarishga rozi. Agar sizga kerak bo`lsa olib qoling” deydi. Xumora bu taklifga rozilik bildiradi. Shundan so`ng u tanishiga xizmat haqi sifatida 150 000 so`m pul berib yuboradi. So`ngra o`z uyida bir oy davomida Salimaga mijoz topib, qo`shmachilik faoliyati bilan shug`ullanib keladi.

2014 yil 3 fevral kuni esa uning xondoniga Shohida ismli qiz ish so`rab keladi. Bu taklif Xumoraga juda ma`qul tushadi. U qiz bilan nima ish qilishlarini o`zaro kelishib oladilar. Kelishuvga ko`ra Shohida har bir mijozdan olgan pulning yarmini Xumoraga berishi kerak edi. Shu kunning ertasiga bu xonadonga bir yigit tashrif buyuradi. Unga uy bekasi peshvoz chiqadi. Mehmon unga “dam olmoqchi”ligini va bunga sharoit yaratib berishini so`raydi.

Mezbon uning iltimosini rad etmaydi. Bir qiz borligini va uning “xizmat haqi” 15 000 so`m bo`lishini ta`kidlashni ham unutmaydi. Yigit uning qo`liga pulni tutqazishi bilan uni ichkariga kiritib yuboradi. Shundan so`ng biroz vaqt o`tib eshik qo`ng`irog`i chalinadi. Qo`shmachi ayol yana birorta mijoz kelgandir degan xayolda mamnunlik bilan eshikni ochadi. Lekin uyga qonun himoyachilari kirib kelishadi.

Shu bilan qo`shmachi ayolning faoliyatiga chek qo`yiladi. Biroq, afsuski bu bilan qo`shmachi ayolning qing`ir ishlari to`xtab qolmadi.

Yomonning bir qilig`i ortiq deb bekorga aytishmas ekan. U nabirasi bilan birga 2014 yil 15 avgust kuni tunda og`aynisining uyidan qaytayotgan qo`shnisining yo`lini to`sadi. Sovuqqina so`rashuvdan boshlangan suhbat o`z-o`zidan janjalga aylanib ketadi. Kutilmaganda janjal ko`tariladi. Shu tariqa qo`shma ayol nabirasi bilan qo`shnisini sababsiz kaltaklab unga tan jarohati etkazishadi. Bu holat yuzasidan ham endi bezorilik qilgan buvi va nabira bema`ni qilmishlari uchun qonun oldida jazo olishadi.

Zuhriddin RAHMONOV

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Yilning 6 oyida har 100 ming aholiga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan

10.08.2021, 16:44

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan  matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1