1

O`zbekistonda IShID, “Al-Qoida”, “Tolibon” faoliyatida qatnashgan shaxslarga moliyaviy va boshqa xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlandi

Jamiyat 18.10.2016, 09:46
Teglar: Terror, DAISh
O`zbekistonda IShID, “Al-Qoida”, “Tolibon” faoliyatida qatnashgan shaxslarga moliyaviy va boshqa xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlandi

O`zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullaevning 30 sentyabrdagi buyrug`iga asosan Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg`in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro`yxatiga kiritilgan shaxslarning operasiyalarini to`xtatib turish, pul mablag`larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to`xtatib qo`yish, ishga solmay to`xtatib qo`yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operasiyalarini tiklash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma`ga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda
 
O`zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslarga, chet el fuqarolari va yuridik shaxslarga hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga O`zbekiston hududida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg`in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro`yxatiga kiritilgan shaxslarga, shuningdek, bevosita ularning topshirig`i bo`yicha faoliyat ko`rsatayotgan shaxslarga, bevosita yoki bilvosita pul mablag`lari yoki boshqa mol-mulkka, moddiy resurslarga, moliyaviy va boshqa xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlanadi.

Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg`in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro`yxati terrorizmga, ommaviy qirg`in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O`zbekistonning boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma`lumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma`lumotlar asosida O`zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan tuziladi.

Ro`yxat tuzilib, tasdiqlangandan keyin bir ish kunidan kechiktirmasdan Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan ichki nazorat qoidalarini hamkorlikda tasdiqlagan tegishli nazorat qiluvchi, lisenziyalovchi va ro`yxatdan o`tkazuvchi organlarga elektron shaklda etkazib beradi va ro`yxatni o`zining veb-saytida joylashtiradi.

Ro`yxat ikkita — xalqaro va milliy bo`limlardan iborat bo`ladi. O`z navbatida, har bir bo`lim ikkitadan — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar hamda ommaviy qirg`in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar boblariga bo`linadi. Boblar esa ikkitadan qismga — jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarga bo`linadi.

Ro`yxatga kiritish uchun, xususan, BMT Xavfsizlik Kengashi qo`mitalari tomonidan tuzilgan sanksion ro`yxatlar yoki BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyusiyalari ham asos hisoblanadi. Qayd etish joiz, nizomda qo`llanilgan asosiy tushunchalar ro`yxatida «BMT Xavfsizlik Kengashi qo`mitalari tomonidan tuzilgan sanksion ro`yxatlar» tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan:

«BMT Xavfsizlik Kengashining qo`mitalari tomonidan tuziladigan, shu jumladan 1267 / 1989 / 2253 Qo`mitasining IShID (DAISh) va ‘Al-Qoida’ga qarshi sanksiyalar yuzasidan, 1988 sanksiyalar Qo`mitasining (‘Tolibon’ tashkiloti yuzasidan) qarorlari bilan sanksiyalar qo`llanilishi belgilangan terrorchilik harakatlari yoki ommaviy qirg`in qurolini tarqatishga aloqador bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarning ro`yxatlari».

Sharhlar

IShID etakchisi o`ldirildi

01.12.2022, 10:27

“Islom davlati” terrorchilik guruhi etakchisi jangda halok bo`ldi. Bu haqda so`nggi o`n yillik o`rtalarida Iroq va Suriyaning katta qismini egallab olgan jihodchi tashkilot vakillari ma`lum...
IShID qurboni bo`lgan 27 nafar ayolga boshpana berildi

21.11.2019, 16:09

 Fransiya prezidenti Emmanuael Makron IShIDdan aziyat chekkan Yazidlik 100 ta oilaga Fransiyadan boshpana berishga va`da qilgandi. Bu haqda arabnews.comga tayanib xabar berilmoqda. 20 noyabr kuni shu...
IShID ham Abu Bakr Al-Bag`dodiyning o`lganini tasdiqladi

01.11.2019, 14:37

IShID terroristik tashkiloti o`z rahnamosi va etakchisi Abu Bakr Al-Bag`dodiyning o`lganligi haqida tarqalgan xabarlarning rostligini tasdiqladi. Buni AFP agentligiga tayanib "Daryo" ma`lum qilmoqdaAmerika qurolli kuchlari...
Fransiyaning sobiq prezidenti IShID etakchisining o`limi to`g`risida: «Zarba halokatli emas!»

29.10.2019, 12:51

Fransiya sobiq prezidenti Fransua Olland IShID etakchisi Abu Bakr al-Bag`dodiyni yo`q qilinishini tashkilot uchun «og`ir zarba» deb atadi, ammo tashkilot uchun «halokatli» emas, deya xabar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1