Qozog`istonda o`smirlar o`rtasida o`tkazilayotgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida tennischilarimiz Laylo Bahodirova va Milana Maslenkova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
O`zAning xabar qilishicha, Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqaning juftlik bahslari yarim finalida Laylo va Milana rossiyalik tennischilar Alyona Nikishina va Aleksandra Mironovaga qarshi kortga chiqib, 7:5, 6:0 hisobida zafar quchdi.
L.Bahodirova hamda M.Maslenkova final uchrashuvida qozog`istonlik Dariya Detkovskaya va rossiyalik Avelina Sayfiddinova juftligi bilan kuch sinashadi.
Laylo Bahodirova turnirning yakkalik bahslarida Alyona Nikishinani 6:0, 6:3 hisobida engdi va yarim finalda yana bir rossiyalik tennischi Mariya Tkacheva bilan raqobatlashadigan bo`ldi.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...14.07.2021, 17:37
O`zbek futbolining jonkuyar tarixchisi, mashhur sport jurnalisti Vladimir Ashotovich Safarov bugun, 14 iyul kuni 82 yoshida vafot etdi. Vladimir Safarov 1939 yilning 17 yanvarida Toshkent shahrida...26.04.2021, 17:54
Avvalroq, Polsha mezbonlik qilgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli bokschi qizimiz Nigina O`ktamova barcha raqibalarini mag`lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo`lib va...27.02.2021, 22:07
Germaniyaning nufuzli sport sayti O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining engil atletika ixtisosligi o`qituvchisi va murabbiyi, mustaqil tadqiqotchi Rashid Burnashev haqida maqola chop etdi....