1

Messi “Barselona”ni tark etib, Angliyaga yo`l olishi mumkin

Sport 21.11.2016, 10:36
Teglar: Lionel Messi, Futbol, Sport
Messi “Barselona”ni tark etib, Angliyaga yo`l olishi mumkin

Agar "Barselona" tez orada o`z etakchisi Lionel Messi bilan yangi shartnoma borasida kelishib olmasa, "Manchester Siti" argentinalik superfutbolchini Angliya chempionatiga olib ketadi.

Ma`lumotlarga qaraganda, "Manchester Siti"rahbariyati Lionel Messini qo`lga kiritish uchun jiddiy harakatlarni boshlagan va bu borada har qanday xarajatga tayyorligini ma`lum qildi. 

"Manchester Siti" xo`jayinlari "Oltin to`p"ning besh karra sohibini transfer qilish uchun "Barselona"ga 200 million funt sterling to`lashga va futbolchining o`ziga haftasiga 500 ming funt to`lashga rozilik bildirdi. 

Ayni paytda "Barselona" Messini 2018 yili tugaydigan amaldagi shartnomasini uzaytirishga ko`ndira olmayapti. Leo ham aslida Kataloniyada qolishni xohlayotgani yo`q. 

"Manchester Siti" rahbarlari "Barselona"ni argentinalik futbolchini qo`yib yuborishga, Messini esa Angliya ko`chib kelishga ko`ndira olishiga ishonishmoqda. Ular buni katta pul evaziga emas, balki bosh murabbiy Xosep Gvardiola orqali amalga oshirishmoqchi. 

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
Messining qachondan mashg`ulotlarga qaytishi ma`lum bo`ldi

14.01.2022, 22:06

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi kelasi haftada umumiy guruh mashg`ulotlariga qaytadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Qayd etilishicha, Messi 15 yanvar kuni "Brest"ga qarshi o`yinda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1