1

“Pulingizni naqd AQSh dollariga aylantirib beraman”

Jinoyat 21.11.2016, 12:24
Teglar: Dollar, Jinoyat
“Pulingizni naqd AQSh dollariga aylantirib beraman”

Davron Mukarramov anchadan beri ishlab topgan pullarini yig`ib yurgan edi. Pulini AQSh dollariga aylantirib qo`ymoqchi bo`ldi. Bankda ishlaydigan tanishi Venera Gatinaga uchrashib, maslahat so`radi:

—  Olti millionga yaqin pulim bor. Shuni dollarga aylantirmoqchi edim, qanday qilsam bo`ladi? Bankdan ololamanmi?

—  Sizga maslahatim, bankdan oling. Istasangiz Toshkentdagi bosh ofisimizda tanishlarim bor, ular orqali olib beraman.

—  Dollar xalqaro to`lov kartasiga tashlab berilmaydimi? — deya Davron ayolga savolomuz yuzlandi.

—  Yo`q, sizga naqd 2 ming dollar olib beraman? — deya Venera qatiyat bilan gapir-di.

Uzoq suhbatdan so`ng Davron rozi bo`ldi. Bir necha kundan keyin 5 yarim mln. so`mni mashinasiga solib Veneraning yoniga keldi.

Pulni ko`rgan ayol "Ketdik, Toshkentga boramiz" dedi. Yo`lda Venera kimga qancha dollar olib bergani, qanday olib bergani haqida og`iz ko`pirtirib maqtanib keldi. Davron esa unga borgan sari ishona boshladi.

Ular poytaxtga kelishdi. Venera bosh ofisga kirib, yarim soatda qaytib chiqdi. "Pulni birovga berishimiz kerak ekan" — dedi. So`ng ular shahardagi ko`pqavatli uylardan birining yonida to`xtashdi.

Bundan xavotirga tushgan Davronga Venera xavotir olmaslikni, ular aldashmasligini, bu ishni birinchi marta qilmayotganini aytdi. Garchi ikkinlansa ham Davron pulni uzatdi.

—  Uch kundan so`ng hal bo`larkan, — dedi qaytib chiqqach. — O`zimning ming dollarim ham bor. Uniyam olib ketaman.

Uch kun emas, uch oy o`tdi. Puldan darak bo`lmadi. Davron aldanganini anglab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza yozdi. Sud Venera Gatinani aybdor deb topib, uni ma`lum muddatga muayyan huquqdan mahrum qildi va eng kam ish kakining 50 baravari miqdorida jarima tayinladi. Shuningdek, undan Davron Mukarramov foydasiga etkazilgan zarar undiriladigan bo`ldi.

 

Sharhlar

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

22.05.2024, 16:11

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 23 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 15,86  so`mga oshib, 12 724,72 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 18,38...
Dollarning rasmiy kursi tushdi

20.05.2024, 16:09

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 21 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 7,17 so`mga tushib, 12 687,70 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 23,94...
Dollarning rasmiy kursi so`mga nisbatan ancha ko`tarildi

10.05.2024, 16:28

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 8 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 23,08 so`mga oshib, 12 7118,08so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 61,70so`mga oshib,...
Dollarning rasmiy kursi yana ko`tarildi

08.05.2024, 16:22

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 10 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 11,01 so`mga oshib, 12 695,00 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 0,42 so`mga oshib, 13 648,39...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1