Evropa chempionlar ligasi 5-turidan "Sevilya" o`z maydonida "Yuventus" futbolchilarini qabul qildi.
Kurashlarga boy tarzda kechgan o`yinda turinliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Parexa hisobni ochgan bo`lsa, 45-daqiqada Markizio penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi.
84-daqiqada Bonuchchi turinliklarni oldinga olib chiqdi. 90-daqiqada Mario Manjukich "Yuventus"ga ishonchli g`alaba keltirgan gol muallifi bo`ldi.
"Sevilya" – "Yuventus" 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 9 Parexa, 1:1 – 45, penalti Markizio, 1:2 – 84 Bonuchchi, 1:3 – 90 Manjukich.
"Sevilya" – Riko, Merkado, Parexa, Rami, Nzonzi, Mariano (Kranevitter, 77), Eskudero, Iborra, Vitolo, Vaskes, Vetto (Sarabiya, 46).
"Yuventus" – Buffon, Dani Alves, Rugani, Bonuchchi, Evra (Sturaro, 73), Xedira, Markizio, Pyanich (Kin, 84), Kuadrado (Kellini, 87), Manjukich, Aleks Sandro.
Ogohlantirishlar: Manjukich (25), Vaskes (31), Merkado (37), Xedira (42), Evra (65), Kuadrado (72), Iborra (90).
Chetlatish: Vaskes (36).
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...23.10.2021, 22:16
Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...