1

Ohangarondagi tug`riqxonada xomilasi bilan birga vafot etgan holat yuzasidan SSB rasmiy izoh berdi

Jamiyat 07.04.2024, 21:27
Ohangarondagi tug`riqxonada xomilasi bilan birga vafot etgan holat yuzasidan SSB rasmiy izoh berdi

Biroz avval, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Ohangaron shahrida homilador ayol qornidagi homilasi bilan vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi quyidagilar ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, 2024 yilning 3 aprel kuni soat 02:45 da 1992 yil Ohangaron shahrida tug`ilgan X.A. qorin va beldagi og`riq bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi tug`uruq bo`limiga “Homiladorlik 4, 39 hafta tug`uruq 3. Tug`uruqning 1 davri, latent fazasi. Semizlik 3 daraja” tashxisi bilan qabul qilingan. Bemor shifokorlar nazorati ostida bo`lgan.

2024 yil 4 aprel kuni soat 14:10 da ayolning to`satdan ahvoli og`irlashib, havo etishmasligi va yurak sohasida og`riq bilan nafas olishi qiyinlashgan.

Shundan so`ng zudlik bilan reanimatolog ishtirokida bemorda zarur reanimasion choralar amalga oshirilgan.

Biroq shunga qaramay, soat 14:35 da ayolda biologik o`lim holati kuzatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko`ra, bemorning o`limiga yurak ishemik kasalligi, o`tkir koronar etishmovchiligi, yurak mushaklarining gipertrofiyasi va o`tkir miokard infarkti sabab bo`lgan.

Asorati: O`tkir yurak va nafas etishmovchiligi. O`pka shishi. Bosh miya shishi.

Yondosh: Homiladorlik 4, tug`uruq 3,  homiladorlik 39-40 hafta.  Bachadon shilliq qavatlariga qon quyilishi. Semizlik 3 daraja. O`tkir jigar gepatozi. Homila ichi asfiksiyasi.  Homila antenatal o`limi.

Hozirda mazkur holat bo`yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar bo`yicha jamoatchilikka qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1