1

Yong`in bo`yicha tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi

Jamiyat 16.04.2024, 20:58
Yong`in bo`yicha tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi

Prokuratura organlari tomonidan Farg`ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida sodir bo`lgan yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi.

Dastlabki tekshiruvda, 2024 yil 11 aprel kuni mazkur muzeyning ikkinchi qavatida yong`in kelib chiqishi oqibatida muzey ekspozisiyasida namoyishga qo`yilgan XIX asrga oid masjid eshigi hamda qadimiy miltiqning qo`ndog`i yonib zararlangani aniqlangan.

Hozirda mutaxassislar ishtirokida tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinib, qo`shimcha ravishda ma`lumot beriladi.

Tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1