1

"Haydovchilik guvohnomasi" rasmiylashtirib beraman deb fuqarolarni chuv tushirgan firibgar qo`lga olindi

Jinoyat 17.04.2024, 14:58
"Haydovchilik guvohnomasi" rasmiylashtirib beraman deb fuqarolarni chuv tushirgan firibgar qo`lga olindi

"Haydovchilik guvohnomasi" rasmiylashtirib beraman deb, Qashqadaryolik ayolni 7.380.000 so`m miqdoridagi pulini olgan firibgar qo`lga olindi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumanida yashovchi (ayol) J.S. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 7.380.000 so`m miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz shahrida yashovchi 29 yoshli J.F. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko`ra, J.F., jabrlanuvchi (ayol) J.S. bilan “Telegram” messenjeri orqali o`zini "Fazliddin" deb tanishtirib,  unga haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berishini aytib uni aldab, oldindan 7.380.000 so`m miqdoridagi pullarni o`zining foydalanuvida bo`lgan bank kartasiga o`tkazib olib, yozishmalarni o`chirib yuborgan, hamda uning qo`ng`iroqlariga javob bermay, qora ro`yxatga kirgazib qo`ygan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, J.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismiidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1