1

Surxondaryoda attraksionning trosi uzilib ketishi natijasida to`rt kishi jarohatlangan

Jamiyat 17.04.2024, 18:26
Surxondaryoda attraksionning trosi uzilib ketishi natijasida to`rt kishi jarohatlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda 16 aprel kuni Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligining ma`muriy binosi oldida joylashgan istirohat bog`ida attraksionning trosi uzilib ketishi natijasida 4 nafar bolajonlar tan jarohati olganligi to`g`risida ma`lumot tarqalgandi. Bu haqda Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2024 yil 16 aprel kuni Termiz shahrida joylashgan “Termiz avenue park” MChJga qarashli “Bolajon” nomli madaniyat va istirohat bog`ida o`rnatilgan attraksionda o`rindiq sinib, erga qulab tushgan. Oqibatda to`rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohat olgan.

“Attraksion mavsum oldidan to`liq texnik shahodat sinovlaridan o`tkazilmagan. Uni tayyorlash va uni texnik tekshiruvdan o`tkazish uchun taqdim etish attraksionlarning soz holati va ulardan xavfsiz foydalanish uchun mas`ul bo`lgan shaxs tayinlanmagan, mavsumga tayyorligi to`g`risidagi dalolatnoma tuzilmagan. Mavsum oldidan attraksiondan foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan undan foydalanilgan”, deyiladi xabarida.

Ma`lum qilinishicha, jarohatlanganlar 11 va 15 yoshli qizlar hamda 27 va 29 yoshli ayollar bo`lgan. Ulardan ikki nafari Qozog`iston fuqarolari bo`lishgan.

Jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilgan.

"Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to`g`risidagi qarorni qabul qilish uchun Istirohat bog`lari attraksionlarni nazorat qilish bo`limi tomonidan ob`ektlar joyiga chiqib o`rganiladi", deyiladi ko`mita xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1