1

Farg`onada 3 kishini o`ldirib, 21 yildan buyon qochib yurgan shaxs umrbodga qamaldi

Jinoyat 17.04.2024, 19:27
Farg`onada 3 kishini o`ldirib, 21 yildan buyon qochib yurgan shaxs umrbodga qamaldi

Jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudida 2001 yil sodir etilgan bosqinchilik va qotillik jinoyatiga doir ish ko`rildi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Hukmda keltirilishicha, jinoyatni sodir etgan fuqaro D.E. 21 yil davomida tergov organlaridan qochib, yashirinib yurgan. U 2022 yilning 18 oktyabr kuni qidiruvda ushlanib, O`zbekistonga ekstradisiya qilingan (qaysi davlatda ushlangani haqida hukmda ma`lumot keltirilmagan).

D.E. sherigi bilan Beshariqdagi o`ziga to`q oilalardan birining uyiga bosqinchilik uyushtirish hamda ularni o`ldirish haqida jinoiy reja tuzgan. 2001 yilning 24 avgust kunidan 25 avgust kuniga o`tar kechasi rejani amalga oshirish maqsadida pichoq va bolta bilan qurollanib, xonadonga borishgan hamda devorni oshib o`tib hovliga kirishgan.

Qotillar dastlab verandada uxlab yotgan yosh bolani, so`ngra shovqinni eshitib yugurib kelgan qariyani, shuningdek, oilaning I-guruh nogironi bo`lgan yana bir a`zosini boltaning orqa tarafi va pichoq bilan urib, o`ta shafqatsizlik bilan qasddan o`ldirishgan. So`ngra uydan turli tilla taqinchoqlar, AQSh dollari va ma`lum miqdordagi pullarni olib, voqea joyidan yashirinishgan.

2001 yil 17 sentyabrda D.E.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanib, qidiruv e`lon qilingan. U oradan 21 yil o`tib, 2022 yilning oktyabr oyida ushlangan.

Sud hukmi bilan D.E.ga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoning 3 yilini turmaga qamash tariqasida o`tattirish belgilangan.

Hukmdan norozi bo`lgan D.E. apellyasiya shikoyati kiritib, jinoyat sodir etilganiga 22 yil to`lgani uchun javobgarlikka tortish muddati o`tganini, adolatli qaror qabul qilishni so`ragan. Biroq Farg`ona viloyati sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasi 2024 yil 2 aprel kuni ishni qayta ko`rib chiqib, birinchi instansiya sudi hukmini o`zgarishsiz qoldirgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1