1

Davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

Jamiyat 17.04.2024, 20:33
Davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan qator davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlariga yo`l qo`yilganligi aniqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan:    

➖ “Sho`rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ buyurtmachiligidagi 9,4 mlrd so`mlik;

➖"Oqdaryo tuman yo`llardan foydalanish" korxonasi buyurtmachiligidagi 2,5 mlrd so`mlik;

➖Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti  buyurtmachiligidagi 150 mln so`mlik davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda affillangan shaxslar g`oliblikni qo`lga kiritgan.

Shuningdek:

“Hududgazta`minot” AJ buyurtmachiligidagi  1,2 mlrd so`mlik;

“Farg`onayo`lko`kalam” UK buyurtmachiligidagi  289,5 mln so`mlik;  

Urganch davlat universiteti buyurtmachiligidagi 260,6 mln so`mlik;

Qo`qon shahar hokimligi buyurtmachiligidagi 212 mln so`mlik;

Hayvonlarni identifikasiya qilish, ro`yxatga olish va kuzatish markazi buyurtmachiligidagi  120 mln so`mlik;

"Namangan yo`l qurilish-ta`mirlash" MChJ buyurtmachiligidagi 120 mln so`mlik davlat xaridlarida manfaatlar to`qnashuvi holatlariga yo`l qo`yilganligi aniqlandi.

Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari bo`yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilindi va to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1