Shavkat Mirziyoev Tojikistonga davlat tashrifi doirasida 19 aprel kuni ushbu mamlakat Oliy Majlisi Namoyandagon majlisi Raisi Mahmadtoir Zoir bilan uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuvda O`zbekiston bilan Tojikiston o`rtasidagi ko`p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Parlamentlararo almashinuvni yanada faollashtirish, kooperasiya loyihalari va madaniy-gumanitar dasturlarni qo`llab-quvvatlash va ilgari surish uchun sohaviy qo`mitalar va hududiy kengashlar darajasida samarali aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Qabul qilingan hujjatlarni xatlovdan o`tkazish hamda oliy darajadagi kelishuvlarning o`z vaqtida ro`yobga chiqarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda ikki mamlakat deputatlarining muhim roli qayd etildi.