1

Samarqand va Qashqadaryoda iste`molga yaroqsiz yog` ishlab chiqarayotgan sexlar aniqlandi

Jamiyat 24.04.2024, 16:50
Samarqand va Qashqadaryoda iste`molga yaroqsiz yog` ishlab chiqarayotgan sexlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq, Oqdaryo va Kitob tumani bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda “Paxtaobod” va “Primkent” MFYda yashovchi fuqarolar R.Sh., A.R. o`z uylarining yordamchi xo`jaligida yashirin sex tashkil etib, iste`molchilarning hayoti va sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog` mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu sexlardan jami 263 litr qo`lbola yog`, 68 kg chigit va boshqa tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1