1

O`zbekiston Afg`onistonga yana bir insonparvarlik yordamini yubordi

Jamiyat 25.04.2024, 13:26
O`zbekiston Afg`onistonga yana bir insonparvarlik yordamini yubordi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug`bek Qosimov boshchiligidagi delegasiya O`zbekiston xalqi nomidan birodar afg`on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini etkazish maqsadida Afg`onistonning Balx viloyatiga jo`nab ketdi.

Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug`doy, 15 ming litr o`simlik yog`i, 10 ming dona konservalangan go`sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag`mon paketlari o`rin olgan.

Shu munosabat bilan bugun Hayratonda ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo`lib o`tadi.

Tashrifning keyingi tafsilotlari haqida axborot berib boramiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1