Angren shahridagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabida "Otalar uchrashuvi" bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev, nuroniylar, o`quvchilarning otalari, vasiylari, pedagoglar, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Ta`kidlash joizki, bu galgi muloqot faqat otalar uchun ochiq muloqot shaklida tashkil etilgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.
Zoyir Mirzaev o`z nutqida bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan voqealar, mamlakatimizda ta`lim tizimiga qaratilayotgan e`tibor, maktab va oila hamkorligining dolzarbligi, farzand tarbiyasida otaning o`rnini alohida ta`kidladi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev "Telefonsiz maktab" loyihasini faol qo`llab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million so`m pul mukofotini topshirdi.