Ayni paytda O`zbekistonda 579 995 nafar nafaqadagilar mehnat qilmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar berdi.
328 ming nafardan ortiq fuqarolar xususiy sektorda mehnat qilmoqda. Davlat tashkilotlarida yana 252 ming nafarga yaqin pensiya yoshidagi fuqarolar o`z faoliyatini davom ettirmoqda.
Ishlaydigan nafaqadagilarning jinsi bo`yicha nisbati:
— Ayollar - 345 397;
— Erkaklar - 234 598.