O`zbekiston Professional Futbol Ligasi 2016 yilgi mavsumga yakun yasadi. Kecha Oliy Liga 30-turi doirasidagi so`nggi o`yinlar o`tkazildi. Mavsum yakunlariga ko`ra Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi 74 ochko to`plagan holda o`z tarixida birinchi bora O`zbekiston chempionti g`olibiga aylandi.
Chempionat kumush medallariga poytaxtning boshqa bir klubi – “Bunyodkor” ega chiqdi. “Qaldirg`och”larning to`plagan ochkolari soni Qarshining “Nasaf” klubi bilan bir xil bo`lsada, o`zaro o`yinlardagi ustunlik ularga turnir javalining ikkinchi pog`onasida chempionatni yakunlash imkonini berdi. “Nasaf” bu safar ham bronza medallarini o`ziniki qilishga erishdi.
O`tkazilgan 30 o`yinda 23 ochko to`plab, 16-o`rinda chempionatni yakunlagan “Andijon”, kelasi mavsumni 1-ligada o`tkazadigan bo`ldi. Uning o`rnini bu mavsumda 1-liga g`olibi bo`lgan Samarqandning “Dinamo” klubi egallaydi. “Andijon” bilan bir xil ochko to`plagan bo`lsada, to`plar nisbatiga ko`ra bir pog`ona yuqoriroqda turnirni yakunlagan “Navbahor” Oliy Ligada qolish imkoniyatini qo`lga kiritish uchun, birinchi ligada ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan “Norin” jamoasi bilan bahslashadi.
Ushbu mavsum Oliy Ligada debyut qilgan Toshkentning “Obod” jamoasi so`nggi turlarni ishonchli tarzda o`tkazib, musobaqada jon saqlab qolish vazifasini uddaladi.
Avvalgi mavsum chempioni – “Paxtakor” esa ushbu mavsumda 5-o`rin bilan kifoyalandi. Oliy Liga to`purarlari bahsida esa “Lokomotiv” hujumchisi – Temurxo`ja Abduholiqov 22 golga mualliflik qilgan holda barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...10.05.2024, 15:14
Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...06.05.2024, 13:48
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...