1

Jizzaxdagi restoranda mast yigitlar janjal ko`tardi(video)

Jinoyat 24.05.2024, 18:20
Teglar: qizlarga gap otish, haqorat
Jizzaxdagi restoranda mast yigitlar janjal ko`tardi(video)

Jizzaxda mast yigitlar qizlarga gap otib, janjal ko`tarishgan hamda janjalni to`xtatmoqchi bo`lgan restoran qorovuli va boshqa xodimini kaltaklashgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax shahrining “Oqqo`rg`onlik” mahallasida joylashgan savdo majmuasidagi ovqatlanish shoxobchasida sodir bo`lgan. Shu erda mast holda o`tirgan yigitlardan biri qo`shni stolda o`tirgan qizlarga gap otishi sabab janjal yuzaga kelgan. Voqeadan xabar topgan shoxobcha qorovuli kelib janjalni to`xtatish maqsadida kelishmovchilikka aralashgan.  

Natijada, yigitlardan ikki nafari qorovulni haqorat qilib, unga pivo idishini uloqtirgan. Yigitlar qorovulni kaltaklab, unga og`ir tan jarohati etkazgan. Ularni ajratishga uringan shoxobchaning boshqa xodimi ham bir nechta musht zarba berishgan.

Qorovul olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yigitlar esa DXX va IIO xodimlari tomonidan qo`lga olingan. 

Aniqlanishicha, qo`lga olinganlardan biri avval talonchilik, davlat organi vakilining qonuniy harakatlariga qarshilik ko`rsatgani hamda qasddan badanga engil shikast etkazgani sabab sudlanib, ahloq tuzatish jazosini o`tayotgan bo`lgan.

Qonunbuzarlarning bu ishlari sudda ko`rib chiqildi. Avval sudlanib, ahloq tuzatish jazosi hukm qilingan shaxsning bu jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Uning sherigiga ham qonunda belgilangan jazo qo`llanildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1