1

Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi tashkil etiladi

Jamiyat 25.05.2024, 20:45
Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi tashkil etiladi

“Er qa`ridan foydalanish, sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Ma`lum bo`lishicha, farmonga ko`ra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog`-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida:
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo`mitasi;
  • Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog`-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi;
  • Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida:
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi.

Bunda:

  • Qo`mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari ob`ektlarida radiasiya va yadro xavfsizligini ta`minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob`ektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo`yicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
  • Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
  • Inspeksiya er qa`ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1