1

Rossiyada besh nafar o`zbekistonlik avtohalokatga uchradi

Jamiyat 25.05.2024, 22:05
Rossiyada besh nafar o`zbekistonlik avtohalokatga uchradi

Rossiyaning Tyumen viloyatida besh nafar o`zbekistonlik yo`l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda "Tumentoday" xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea bugun, 25 may kuni Aromashevo – Vagay trassasida sodir bo`lgan. Fuqarolar “Kia” rusumli avtomobilda Surgutdan Rossiya chegarasiga ketayotgan bo`lgan.  

“Kia” rusumli avtomobil yo`lning 18-kilometrida boshqaruvni yo`qotib, ag`darilib ketgan. Yo`l-transport hodisasi oqibatida 28 yoshli haydovchi, uch va besh yoshli ikki bola, shuningdek, 30 yoshli yo`lovchi ayol hamda 32 yoshli yo`lovchi erkak jabrlangan. 

“Ularning barchasi O`zbekiston fuqarolaridir. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, haydovchi harakat vaqtida xavfsiz tezlikni tanlamagan”, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1