1

Poytaxtning ayrim ko`chalari vaqtincha yopiladi

Jamiyat 26.05.2024, 13:36
Poytaxtning ayrim ko`chalari vaqtincha yopiladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning O`zbekistonga tashrifi munosabati bilan Toshkent shahrining ayrim ko`chalarida ikki kunga transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, joriy yilning 26-27 may kunlari Toshkent shahrida keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar o`tkazilishi hamda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari ayrim ko`chalarda davom etayotganligi munosabati bilan transport vositalarining harakati cheklanadi.

“Zarurat bo`lmaganda haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz. Ma`lum ko`chalarda transport vositalarining harakatini cheklash bo`yicha zaruriy choralar ko`rilgan vaqtda haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo`l belgilari hamda chiziqlarning talablariga qat`iy rioya etishlarini so`raymiz”, deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1