1

Qoraqalpog`istonda haydovchi YPX xodimiga qo`l ko`tardi

Jamiyat 26.05.2024, 19:15
Qoraqalpog`istonda haydovchi YPX xodimiga qo`l ko`tardi

Qoraqalpog`istonda Yo`l-patrul xizmati xodimiga qo`l ko`targan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlandi. Bu haqda Qoraqalpog`iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 21 may kuni YPX inspektori To`rtko`l tumani Mustaqillik ko`chasi bo`yida xizmat olib borayotganida o`sha yo`lda harakatlanib kelayotgan Matiz rusumli avtomobilni shubhali bo`lgani uchun to`xtatib, haydovchisidan hujjatlarini so`ragan.

"Haydovchi “Sen nimaga mening oldimga chiqasan” deb, uni qo`llari bilan urib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o`z xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimiga faol qarshilik ko`rsatib, unga tan jarohati etkazgan", deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) 2-qismi va 277-moddasining (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1