1

Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga boradi

Siyosat 02.07.2024, 14:23
Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga boradi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 3-4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo`ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sammit kun tartibidan ShHT doirasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari o`rin olgan. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ham ko`rib chiqiladi.

Yig`ilish yakunida Ostona deklarasiyasi hamda iqtisodiyot, xavfsizlik, ekologiya, energetika, turizm va boshqa ko`plab yo`nalishlarda sheriklikni kengaytirish bo`yicha hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

“Tashrif doirasida O`zbekiston etakchisi xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazadi”,—deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1