1

Ijodiy imtihon topshiradiganlarga maxsus ruxsatnoma beriladi

Jamiyat 03.07.2024, 16:30
Ijodiy imtihon topshiradiganlarga maxsus ruxsatnoma beriladi

O`zbekistonda 2024 yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abiturientlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ruxsatnomada abiturient haqidagi ma`lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma`lumotlar ham mavjud bo`ladi. Ya`ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkaziladigan:

  • yo`nalish;
  • oliy ta`lim muassasasi nomi;
  • manzil;
  • sanasi va vaqti aniq ko`rsatilgan bo`ladi

"Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so`ng, abiturientlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo`ladi. Imtihonlar o`tkaziladigan sana bo`yicha tez orada qo`shimcha xabar beriladi",–deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1