1

Ukrainada ilk marotaba uch ota-onadan farzand dunyoga keldi

Dunyo 18.01.2017, 12:21
Teglar: Ota-ona, Chaqaloq
Ukrainada ilk marotaba uch ota-onadan farzand dunyoga keldi

Yanvar oyining ilk haftasida Ukrainada ilk marta uch ota-onaning farzandi dunyoga keldi. Bu haqda “Golos.ua” xabar bermoqda

Reproduktiv tibbiyot klinikasi direktori Valeriy Zukinning aytishicha, ona va otaning yadro DNKsi genetik to`plami (25 mingga yaqin gen) va donorning sitoplazma DNKsini (37 ta gen) o`z ichiga olgan qayta tiklangan tuxum hujayra hosil qilingan. Ya`ni chaqaloq uch kishining geniga ega

Nashrning ta`kidlashicha, 34 yoshli ayol oxirgi 15 yil davomida farzand ko`ra olmagan. Ushbu texnologiya anonim donor ayolning DNKsini onaning tuxum hujayrasiga ko`chirib o`tkazishni ko`zda tutib, 2000 yillarning boshida Buyuk Britaniyada kashf etilgan.

Chaqaloqni bu kabi homiladorlik orqali dunyoga keltirish Ukraina qonunchiligida ko`zda tutilmagan. Klinika ushbu jarayon ayol o`z xohishi bilan tajribada ishtirok etganligi uchun tekinga amalga oshirilganligini qo`shimcha qildi. Shifokorlar ota-ona va bolaning shaxsi haqidagi ma`lumotlarni oshkor etmadi.

Ma`lumotlarga ko`ra,bu usul 37 yoshdan katta, homilasi rivojlanmaydigan ayollarga tavsiya etilmaydi.

Sharhlar

Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
O`zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma`lum bo`ldi

01.01.2022, 21:48

2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug`ilgan go`daklarning 732 nafari o`g`il...
Yangihayotda 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga sotmoqchi bo`lgan ayolga hukm o`qildi

04.08.2021, 19:19

Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudi raisi Baxrom Tashpulatovning raisligida o`tgan ochiq sud majlisida 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga qonunga xilof ravishda sotmoqchi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1