1

​Ikki qiz va bir yigit farg`onalik fuqaroning avtomobili va pullarini o`g`irlab ketdi

Jamiyat 10.03.2017, 11:01
Teglar: Avto, Dollar, Jinoyat, Qiz
​Ikki qiz va bir yigit farg`onalik fuqaroning avtomobili va pullarini o`g`irlab ketdi

2017 yil 08 mart kuni tungi soat 01.20 larda Farg`ona shahar IIB navbatchilik qismiga Farg`ona shahar Alisher Navoiy ko`chasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, xonadoniga uch nafar noma`lum shaxslar temir jism bilan qurollangan holda, g`ayriqonuniy ravishda uning xonadoniga bostirib kirishib, hayoti va sog`lig`i uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatib, tan jarohati etkazishib, 2600 AQSh dollari va “Jentra” rusumli avtomashinasini egallab, noma`lum tomonga yashiringanligini bildirgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu xabarga asosan voqea joyiga chiqqan tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyat sodir bo`lgan joydan 9 dona barmoq izlari, bir dona uzunligi 120 sm bo`lgan temir va xonadonga o`rnatilgan videokameradagi yozuvlar tekshirish uchun ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan «Jentra» rusumli avtomashinani shaharning Oltin kuz ko`chasida noma`lum shaxslar boshqarib ketishayotganligi aniqlanib, ular Farg`ona viloyati IIB PPX va JTSBga bevosita bo`ysunuvchi Farg`ona bataloni xamda Farg`ona shahar IIB xodimlari tomonidan ushlanishgan.

Shuningdek, gumonlanuvchilarning yonidan jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan 900 AQSh dollari ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur bosqinchilik jinoyatini 1992 yilda va 1993 yilda tug`ilgan ikki nafar qiz hamda 1997 yilda tug`ilgan yigit birgalikda, oldindan jinoiy til biriktirib sodir etishgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164 moddasi 3 qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlariga olib borilmoqda.

Sharhlar

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

22.05.2024, 16:11

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 23 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 15,86  so`mga oshib, 12 724,72 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 18,38...
Dollarning rasmiy kursi tushdi

20.05.2024, 16:09

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 21 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 7,17 so`mga tushib, 12 687,70 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 23,94...
Dollarning rasmiy kursi so`mga nisbatan ancha ko`tarildi

10.05.2024, 16:28

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 8 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 23,08 so`mga oshib, 12 7118,08so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 61,70so`mga oshib,...
Dollarning rasmiy kursi yana ko`tarildi

08.05.2024, 16:22

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 10 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 11,01 so`mga oshib, 12 695,00 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 0,42 so`mga oshib, 13 648,39...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1